Ommaviy oferta
salesup_oferta_v4.2
OMMAVIY OFERTA
(Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va zamonaviy kasblarga o‘qitish to‘g‘risidagi shartnoma)
Toshkent shahri
Ushbu Ommaviy oferta shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — «Shartnoma») O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi o‘rinlarda — FK) 367–370-moddalariga muvofiq, «Sales Up Technologies» MCHJ (keyingi o‘rinlarda — «Bajaruvchi») nomidan Ustav asosida ish yurituvchi Direktor Saidov S.S. va ushbu ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilgan (akseptlagan) har qanday jismoniy shaxs yoki uning qonuniy vakili (keyingi o‘rinlarda — «Buyurtmachi») o‘rtasida quyidagi shartlarda tuzildi.
1. UMUMIY QOIDALAR VA ATAMALAR
1.1. Ushbu Shartnomada qo‘llaniladigan atamalar quyidagi ma’noni anglatadi:
• Bajaruvchi — ta’lim va axborot-maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Sales Up Technologies» MCHJ.
• Buyurtmachi — ushbu Shartnoma shartlarini aksept qilgan, xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshiruvchi va moliyaviy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oluvchi muomala layoqatiga ega voyaga yetgan shaxs (18 yoshga to‘lgan).
• Qonuniy vakil — agar ta’lim oluvchi shaxs 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, Shartnoma bo‘yicha Buyurtmachi va javobgar taraf sifatida uning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi yoki qonuniy vakili e’tirof etiladi. Ushbu holatda qonuniy vakil Shartnomani aksept qilish orqali voyaga yetmagan shaxsning o‘qishiga to‘liq rozilik beradi va barcha moliyaviy/huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
• O‘quvchi — Bajaruvchi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida bevosita ta’lim oluvchi va bilimlarni o‘zlashtiruvchi jismoniy shaxs.
• Ommaviy oferta — Bajaruvchining FKning 369-moddasi 2-qismiga muvofiq, ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan barcha shartlarda xizmat ko‘rsatishga tayyorligini bildiruvchi ochiq taklifi.
• Aksept — Buyurtmachi tomonidan ushbu Oferta shartlarini hech qanday istisnolarsiz va shartlarsiz to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi (FKning 370-moddasi).
• O‘qituvchi — Bajaruvchi tomonidan o‘quv jarayonini olib borish va dars berish uchun jalb qilingan mutaxassis.
1.2. Ushbu Shartnoma FKning 358-moddasiga muvofiq ommaviy shartnoma hisoblanadi va Bajaruvchining rasmiy veb-saytida (yoki elektron platformasida) joylashtiriladi.
2. SHARTNOMA PREDMETI
2.1. Bajaruvchi ushbu Shartnoma va uning Ilovalarida belgilangan tartibda O‘quvchiga offline (yoki kelishilgan formatdagi) ta’lim va axborot-maslahat xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilish va ularning haqini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini oladi.
2.2. Kurs nomi, dasturi, davomiyligi (1 oy yoki 2 hafta, umumiy 12 ta dars: 6 ta nazariy va 6 ta amaliy dars) hamda darslar jadvali Bajaruvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va Buyurtmachiga ma’lum qilinadi.
2.3. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish joyi Bajaruvchining rasmiy manzili yoki Bajaruvchi tomonidan qo‘shimcha ravishda belgilangan o‘quv xonalari hisoblanadi.
3. AKSEPT TARTIBI VA SHARTNOMA TUZILISHI
3.1. Buyurtmachi Bajaruvchining rasmiy veb-sayti yoki platforma havolasi orqali quyidagi harakatlarni bosqichma-bosqich va to'liq amalga oshirgan paytdan e'tiboran ushbu Shartnoma to‘liq aksept qilingan hamda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 366-moddasiga muvofiq oddiy yozma shaklda tuzilgan deb hisoblanadi:
3.1.1. Buyurtmachi saytdagi maxsus formaga kim tomonidan va kim uchun to‘lov amalga oshirilayotganini ko‘rsatgan holda o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini — Familiyasi, Ismi, Otasining ismi, Pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR (PINFL), yashash manzili hamda telefon raqamini to‘liq va haqqoniy kiritadi.
3.1.2. Buyurtmachi ushbu Shartnoma matni bilan tanishib chiqqach, saytdagi “Shartnoma shartlariga roziman” deb nomlangan maxsus elektron katakka elektron belgi («galochka»/tick) qo‘yadi.
3.1.3. Buyurtmachi ko‘rsatilgan telefon raqamiga yuborilgan SMS-tasdiqlash kodini saytga kiritish hamda belgilangan boshlang'ich to‘lovni (yoki to‘liq to‘lovni) Bajaruvchining hisob raqamiga o‘tkazish orqali aksept jarayonini yakunlaydi.
3.2. Aksept jarayonida Buyurtmachi o‘zining shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlarni, jumladan JSHSHIR (PINFL), pasport ma’lumotlari, telefon raqami hamda O‘quvchi voyaga yetmagan taqdirda uning Qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni to‘liq va haqiqatga mos ravishda kiritishi shart.
3.3. Voyaga yetmagan shaxs tomonidan ota-onasining (Qonuniy vakilining) roziligisiz aksept berilganligi aniqlangan taqdirda, Bajaruvchi darhol ota-onadan (Qonuniy vakildan) yozma tasdiq talab qilish yoki Shartnomani bir taraflama bekor qilish huquqiga ega. Bunda voyaga yetmagan shaxs tomonidan aksept jarayonida soxta, noto‘g‘ri yoki o‘zganing shaxsiy ma’lumotlari kiritilganligi natijasida Bajaruvchiga zarar yetkazilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 994-moddasiga muvofiq, ushbu zarar uchun 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs mustaqil javobgar hisoblanadi. Voyaga yetmagan shaxsning zararni qoplash uchun yetarli mol-mulki yoki daromad manbalari bo‘lmagan taqdirda, zarar to‘lig‘icha yoki uning yetishmagan qismi uning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiysi tomonidan qoplanadi.
4. XIZMATLAR QIYMATI VA TO‘LOV TARTIBI
4.1. Xizmatlar qiymati ushbu Shartnomaga 1-sonli Ilova (To'lov grafigi)da belgilangan tartibda to'lanadi. Buyurtmachi tomonidan 50% gacha bo‘lgan boshlang’ich to‘lov darslar boshlanishidan oldin zakalat sifatida, qolgan 50% summani esa darslar boshlangan kundan e‘tiboran 15 (o‘n besh) kalendar kuni ichida Bajaruvchining hisob raqamiga to‘liq o‘tkazishi shart.
4.2. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlar Buyurtmachi tomonidan bajarilmagan va qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, yuzaga kelgan qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘rish huquqiga ega.
4.3. Kelishmovchiliklar sud tartibida ko‘riladigan bo‘lsa, nizo shartnomaviy bo‘ysunuvga ko‘ra Bajaruvchi joylashgan manzildagi tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudda ko‘rib chiqiladi.
5. XIZMATLARNI TOPSHIRISH-QABUL QILISH TARTIBI
5.1. Xizmatlar ko‘rsatib bo‘lingach yoki tegishli bosqich yakunlangach, Bajaruvchi Buyurtmachiga Xizmat ko‘rsatish dalolatnomasini (Akt) taqdim etishi mumkin.
5.2. Buyurtmachi Dalolatnomani olgan kundan e’tiboran 3 (uch) ish kuni ichida uni imzolashi yoki asoslantirilgan e’tirozlarini yozma ravishda Bajaruvchiga taqdim etishi shart.
5.3. Agar Buyurtmachi 3 (uch) ish kuni ichida Dalolatnomani imzolamasa va asoslangan yozma e’tiroz taqdim etmasa, xizmatlar Bajaruvchi tomonidan to‘liq, lozim darajada va e’tirozlarsiz ko‘rsatilgan hamda Buyurtmachi tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.
6. SHARTNOMANI BEKOR QILISH TARTIBI
6.1. Ushbu Shartnoma taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida va ushbu Oferta shartlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
6.2. Buyurtmachi (O‘quvchi) istalgan vaqtda Bajaruvchini yozma ravishda xabardor qilgan holda Shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Bunda to‘langan mablag‘lar Shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq, Bajaruvchi tomonidan Shartnoma bekor qilingan sanaga qadar amalda ko‘rsatilgan xizmatlar va amalda qilingan xarajatlar chegirib qolingan holda qaytariladi.
6.3. Bajaruvchi quyidagi hollarda Buyurtmachini kursdan chetlashtirish orqali Shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega:
• Buyurtmachi o‘quv to‘lovi yoki to‘lov muddatlarini buzganida;
• O‘quvchi uzrli sababsiz ketma-ket 3 (uch) martadan ortiq dars qoldirganida;
• O‘quvchi Bajaruvchining ichki tartib-qoidalari va odob-axloq normalarini qo‘pol ravishda buzganida yoki o‘quv jarayoniga yoxud boshqa o‘quvchilarga xalaqit berganida.
6.4. Bajaruvchi tashabbusi bilan 6.3-bandda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra Shartnoma bekor qilingan taqdirda, Shartnoma bekor qilingan sanaga qadar amalda ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati hamda amalda qilingan xarajatlar qaytarilmaydi. Qolgan mablag‘ mavjud bo‘lgan taqdirda, u Shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq qaytariladi.
6.5. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, banklar, to‘lov tashkilotlari yoki muddatli to‘lov (nasiya/kredit) tashkilotlari tomonidan undirilgan vositachilik komissiyalari va boshqa bank xarajatlari Buyurtmachiga qaytarilmaydi hamda Bajaruvchi tomonidan qoplanmaydi.
7. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Bajaruvchining huquqlari:
7.1.1. O‘quv jarayonini, dars berish metodikasini, jadvalni hamda O‘quvchining bilimini baholash mezonlarini mustaqil belgilash;
7.1.2. Dars jarayoniga va xizmat ko‘rsatishga uchinchi shaxslarni (o‘qituvchilar, mutaxassislar) jalb etish;
7.1.3. Buyurtmachi va O‘quvchidan Shartnoma tuzish, ijro etish hamda qarzdorlikni undirish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni (pasport ma’lumotlari, JSHSHIR (PINFL), yashash manzili, telefon raqami va h.k) talab qilish hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g’risida”gi Qonunga muvofiq qayta ishlash;
7.1.4. Buyurtmachi to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarmagan taqdirda, Bajaruvchi O‘quvchini dars jarayonlaridan hamda o‘quv platformalaridan vaqtincha chetlashtirish hamda yuzaga kelgan qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘rish huquqiga ega.
7.2. Bajaruvchining majburiyatlari:
7.2.1. O‘quvchiga sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar va tegishli o‘quv muhitini yaratib berish;
7.2.2. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq saqlash.
7.3. Buyurtmachi/O‘quvchining huquqlari:
7.3.1. Bajaruvchidan ushbu Shartnomaga va o‘quv dasturiga muvofiq sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni talab qilish;
7.3.2. O‘quv jarayoni va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Bajaruvchidan zarur axborotlarni olish.
7.3.3. Buyurtmachi yakuniy imtixondan muvaffaqiyatli o'tganida 3 martagacha ish uchun suhbatlarga borish huquqiga ega.
7.4. Buyurtmachi/O‘quvchining majburiyatlari:
7.4.1. Shartnomada belgilangan to‘lovlarni va bo‘lib to‘lash grafiklarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish;
7.4.2. Bajaruvchining birinchi talabiga ko‘ra, shaxsni tasdiqlovchi va identifikatsiya qiluvchi to‘g‘ri hamda haqqoniy shaxsiy ma’lumotlarni (pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, yashash manzili, ota-onasining ma’lumotlari) taqdim etish;
7.4.3. O‘quv markazining ichki intizom, odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda Bajaruvchining mol-mulki va moddiy-texnik bazasiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
8. INTELLEKTUAL MULK VA MAXFIYLIK
8.1. Bajaruvchi tomonidan taqdim etilgan barcha o‘quv materiallari, mualliflik dasturlari, taqdimotlar, video va audio yozuvlar Bajaruvchining intellektual mulki hisoblanadi.
8.2. Buyurtmachi va O‘quvchiga ushbu materiallardan faqat shaxsiy ta’lim olish maqsadida foydalanish huquqi beriladi. O‘quv materiallarini uchinchi shaxslarga berish, nusxalash, tasvirga olish, tarqatish yoki Internet tarmog‘iga joylashtirish qat’iyan taqiqlanadi. Mazkur Shartnomaning 8-bandi buzilgan holatda, Bajaruvchining yozma murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi BHMning 100 baravari miqdorida sud tartibida undiriladi.
9. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
9.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan barcha kelishmovchiliklar va nizolar talabnoma yuborish tartibida hal etiladi. Talabnomaga javob berish muddati — 10 (o‘n) kalendar kundan iborat.
9.2. Qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, Bajaruvchi ushbu Shartnomaning 4.2-bandiga muvofiq qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘rish huquqiga ega.
9.3. Sud tartibidagi nizoli holatlarni ko‘rish ushbu Shartnomaning 4.3-bandiga muvofiq Bajaruvchi joylashgan manzildagi tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudda ko‘rib chiqiladi.
10. FORS-MAJOR HAMDA BOSHQA HOLATLAR
10.1. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (tabiiy ofatlar, davlat organlarining taqiqlovchi hujjatlari, favqulodda holatlar) yuzaga kelgan taqdirda Tomonlar majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
10.2. Ushbu Shartnoma o‘zbek va rus tillarida tuzilgan bo‘lib, talqin qilishda ziddiyatlar yuzaga kelsa, o‘zbek tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
10.3. Shartnoma Buyurtmachi tomonidan aksept qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargunga qadar amal qiladi.
11. BAJARUVCHINING REKVIZITLARI
Bajaruvchi:
«Sales Up Technologies» MCHJ
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 99-uy
STIR (ИНН): 313138452
H/r (Р/С): 20208000007493507001
Bank: «Ipak Yo‘li» AITB Yakkasaroy filiali
MFO: 00444
IFUT (ОКЭД): 85590